AsosiyJamiyat

25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan o`zbekistonliklar Quvaytga oshpaz bo`lib ishlashga taklif qilinmoqda

'25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan o`zbekistonliklar Quvaytga oshpaz bo`lib ishlashga taklif qilinmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Quvayt davlatida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumotni e`lon qildi. 

Unga ko`ra, xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar oshpazlik bo`yicha bo`sh ish o`rinlariga taklif etiladi.

Ish joyi:  

Quvayt davlatidagi mehmonxona.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:

- 25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lishi;

- Mas`uliyatli bo`lishi;

Ish grafigi: 6/1 kunlik ish haftasi, bir smenada 10 soat ish vaqti.

Oylik maoshi (ish hajmi va soatiga qarab): 550-1400 AQSh dollari miqdorida;

Aviachipta va transport xarajatlari, yotoqxona, hujjatlarni rasmiylashtirish va ovqatlanish ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Batafsil ma`lumot olish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55 (66, 17 ichki raqamlari), 71 200-00-61 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar