1

Toshkent viloyatidagi bank mansabdori firibgar bilan til biriktirdi

Jinoyat 10.12.2021, 15:14
Toshkent viloyatidagi bank mansabdori firibgar bilan til biriktirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Ya. Toshkent viloyatidagi tijorat banki filialining bo`lim boshlig`i Z.Sh. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro J.ga Zangiota tumani, “Eshonguzar” qo`rg`onida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan 2 xonali uyni imtiyozli shartlar asosida navbatsiz olib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1