AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga chek qo`yildi

'Toshkent viloyatida noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

2021 yil 7 dekabr kuni soat 16:00 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida joylashgan "Chinor" muntazam YPX maskanida harakatlanib o`tayotgan "Kobalt" rusumli avtomobil YPX xodimi tomonidan to`xtatilgan. 

Ma`lum bo`lishicha, avtomobil tekshirilganda, yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan 5 ta katta qutilarga solingan, 100 blok "Milano" nomli tamaki mahsulotlari borligi ma`lum bo`lgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan M.A. va aniqlangan mahsulotlar tuman IIBga topshirilgan.

Boshqa yangiliklar