Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchiga qo`pol muomalada bo`ldi" izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi bo`yicha ma`lumot berilgan edi.
Tekshiruv yakuniga ko`ra, 2021 yil 27 noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovchi bilan o`zaro muloqot davomida og`ir-vazmin bo`lmasdan, mulohaza bilan ish olib borish o`rniga, fuqaroga baland ovozda, qo`pol munosabatda bo`lgan Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo`yicha xulosa qilingan.
B.Badinov bu muamolasi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyrug`i talablarini buzgan.






