AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Sovet Ittifoqidan qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi mavjud

'O`zbekistonda  Sovet Ittifoqidan qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi mavjud'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

Ushbu radioaktiv chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida to`planib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud (masalan, Qozog`istonda — 240 mln. tonna).

Ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sog`lomlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida Evropa Tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi hamda qator davlatlarning homiyligi yordamida 2 mln evro miqdorida birinchi grant ajratilishi bo`yicha qaror qabul qilindi.

Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti o`tkazgan tekshiruvlarda 1920 ta kamchilik aniqlandi.

2019-2021 yillarda yadroviy tibbiyot hamda saraton kasalligiga qarshi kurashishni rivojlantirish maqsadida 3 ta radioterapiya apparati olib kelindi.

 

    Boshqa yangiliklar