Jizzax viloyati G`allaorol tumanida yashovchi fuqaro B.Butunboevning O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan o`rganildi. Bu haqda federasiya Matbuot xizmati "Darakchi.uz" ga xabar berdi.
Mazkur murojaatda iste`molchi, Jizzax shahridagi “JIZZAX MOTORS"avtosalonidan shartnoma asosida 97000000 so`m evaziga yangi "COBALT " avtomoshinasini xarid kilganligi, ammo oradan bir oy vakt o`tib avtomoshinasini motor qismida nosozliklari ma`lum bo`lganligi sababli avtosalonga borib murojaat kqilganligi, "Jizzax Motors" avtosalon xodimlari esa nosozlikni bartaraf etishni paysalga solib kelayotganligini ta`kidlagan.
Murojaat Federasiyaning Jizzax shahar jamiyati tomonidan o`rganilishi natijasida avtomashina dvigetili yangisiga almashtirib berilishiga erishilgan.
Shuningdek, Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida yashovchi fuqaro S.Abdurahmonov tomonidan kelgan murojaatda aytilishicha, “Farg‘ona AvtoTexXizmat” avtosaloniga 115 million 607 ming so`m, ya`ni 100 foizlik oldindan to`lovni amalga oshirish orqali “Lacetti-Gentra” rusumli avtomashina sotib olgan.
Biroq mazkur avtoulovda nuqsonlar borligi (eshiklari choklari bir-biriga to`g`ri kelmasligi, avtoulovni old qismi bamperida bo`yoq ko`chgani va h.k) sababli boshqasiga almashtirib berilishini talab qilgan. Avtosalon xodimlari esa iste`molchining bu talabini qanoatlantirmagan.
Bu murojaat, Federasiyaning Farg`ona shahar jamiyati tomonidan o`rganilishi natijasida mazkur avtomobil yangisiga almashtirib berildi.
Yana bir murojaat, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Naymansaroy qishlog`ida yashovchi fuqaro Karim Qulboshev tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ta`kidlanishicha, K.Qulboshev joriy yilning 5 fevralida “AS Qashqadaryo servis” MChJ bilan “Sobalt” rusumli mexanik boshqaruvga ega avtomashina sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtiradi va shartnoma shartlariga ko`ra, 97 million 83 ming so`m to`lovni amalga oshiradi. Biroq, “Sobalt” rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina ishlab chiqarilishi to`xtatilganligi sababli avtosalon ma`muriyati u bilan rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilinishini ma`lum qiladi. Bu xabar bankdan yillik 22 foizlik avtokredit olgan iste`molchini qiyin ahvolga solib qo`ygan.
Mazkur murojaat, Federasiya xodimlarining aralashuvi bilan Q.Qulboshevga “Sobalt” rusumli transport o`rniga “Lacetti” rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina etkazib beriladigan bo`ldi.






