931 ta nodavlat bog`cha kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi etarli darajada bo`lmagani sababli vaqtincha o`z faoliyatini to`xtatgan. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi xabar berdi.
Ushbu maktabgacha talim tashkilotlari issiqlik tizimi sozlanib, kamchiliklar bartaraf etilganidan so`ng yana qayta faoliyatini tiklaydi.
13 dekabr holatiga ko`ra 88,9 ming tonna ko`mir mahsuloti maktabgacha ta`lim tashkilotlariga etkazib berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tumanlari kesimida tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 576-son qaroriga asosan, joriy yilda maktabgacha ta`lim tashkilotlariga 87,8 ming tonna ko`mir mahsulotlari ajratilgan.
Belgilangan rejaga nisbatan 13 dekabr holatiga ko`ra 88,9 ming tonna (101,3%) ko`mir mahsuloti maktabgacha ta`lim tashkilotlariga etkazib berilgan.
2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish uchun 2021 yilda respublikadagi 2 ta MTTlarni mukammal ta`mirlash va 829 ta MTTlarni joriy ta`mirlash rejalashtirilgan bo`lib, bugungi kunda 2 ta (100%) MTTlar to`liq mukammal ta`mirlanib, 835 tasida (101%) joriy ta`mirlash ishlari yakunlandi. Ushbu maqsadlarga jami 132,3 mlrd. so`m mablag`lar moliyalashtirilgan.
Shuningdek, rejaga muvofiq 11 ta MTTlarda joriy ta`mirlash ishlari yakuniga etkazilmagan. Jumladan:
◾️ Xorazm viloyatida — 5 ta;
◾️ Sirdaryo viloyatida — 5 ta;
◾️ Surxondaryo viloyatida — 1 ta MTTlarda joriy ta`mirlash ishlari yakunlanmagan.
Izoh: Joriy ta`mirlash ishlari uchun mahalliy byudjetdan 4-chorakda moliyalashtirish ochilganligi sababli 20 dekabr kuniga qadar ta`mirlash ishlari yakuniga etkazilgan.
Maktabgacha ta`lim vazirining 2021 yil 23 sentyabrdagi 182- son buyrug`iga asosan, Ishchi guruh tuzildi, hamda joylarda 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo`yicha tegishli nazorat ishlari olib borilgan.