1

Bo`kada mast haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi

Jinoyat 15.12.2021, 17:52
Bo`kada mast haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi

13 dekabr kuni Toshkent viloyati, Bo`ka tumani hududida xizmat olib borgan YPX xodimi J.Ilhomov me`yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Gaz-53" rusumli yuk avtomobil haydovchisini to`xtatgan. Muloqot jarayonida YPX xodimi haydovchini spirtli ichimlik iste`mol qilganlikda gumonlagan va mastlik holati bor yoki yo`qligini bilish maqsadida tekshiruvga taklif qilgan. Haydovchi spirtli ichimlik iste`mol qilganligini aytgan, lekin tekshiruvdan o`tishdan bosh tortgan va ushbu xatti-harakatini o`z tushuntirish xatida bayon etgan. Shundan so`ng, YPX xodimi haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan J.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 136-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirib, avtomobilni vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.

Haydovchi rasmiylashtirilgan bayonnomani bekor qilish va avtomobilini jarima maydonidan olib chiqish evaziga YPX xodimiga 1.000.000 (bir million) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX xodimi viloyat IIBB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.

Xodimning bildirgisi asosida 2021 yil 13 dekabr kuni soat 16:30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, fuqaro J.M. YPX xodimiga 1.000.000 (bir million) so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo`ka tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi tartibida jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1