AsosiyJamiyat

Parkentda HOWO yuk avtomobili "Jentra" va "Spark" mashinalari ustiga quladi

'Parkentda HOWO yuk avtomobili "Jentra" va "Spark" mashinalari ustiga quladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan,  Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan YTH bo`yicha YHXBB qo`yidagi ma`lumotlarni berdi. 

️Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 15 dekabr kuni soat 16:00 larda, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududidan o`tgan 4R-15 "Qiziltog`-Parkent-Yangibozor" avtomobil yo`lining 56-kilometrida haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan J.N. "Howo" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib burilishda boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi ag`darilgan. Ag`darilishi jarayonida yo`l chetida to`xtab turgan "Lacetti" va "Spark" rusumli avtomobillarga texnik shikast etgan (avtomobil salonida fuqarolar bo`lmagan).

YTH natijasida haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

️Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar