Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidovning Sirdaryodagi navbatdagi manzili Mirzaobod tumanidagi 5-umumta`lim maktabi bo`ldi.
"Vazir dars jarayonlarida ustoz va murabbiylar bilan ham suxbatlashib, har bir o`quvchi qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalash pedagoglarning asosiy burchi ekanligini alohida ta`kidladi va muassasaning texnik holati bilan ham tanishdi",- deyiladi viloyat Xalq ta`limi bo`limining ma`lumotida.
So`ngra vazir viloyatdagi ta`lim tizimiga mas`ul xodimlar va hamkor takilotlar bilan birgalikda bu maktabning ta`mirlash to`g`risidagi loyixalari bilan tanishib o`z taklif va topshiriqlarini berib o`tgan.






