AsosiyJamiyat

6500 so`m: ​​“O`zbekneftgaz” AJga tegishli AYoQShlarda benzin narxi tushdi

'6500 so`m: ​​“O`zbekneftgaz” AJga tegishli AYoQShlarda benzin narxi tushdi'ning rasmi

So`nggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli  ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy fikrlar ko`paydi.

Ta`kidlanishicha, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining topshirig`iga asosan, “Ishchi guruh”lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste`molchilarga etkazib berilishi to`liq nazoratga olindi.

"Olib borilgan ishlar natijasida avtobenzin taqchilligining oldi olinib, iste`molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo`lga qo`yildi",-deya "Darakchi.uz"ga ma`lum qiladi “O`zbekneftgaz” AJ axborot xizmati.

Qayd etilishicha, benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O`zbekneftgaz” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Natijada “O`zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda bugun, 17 dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 so`mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so`m narxda sotuvga chiqarilgan.

"Respublika hududidagi “O`zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta`minlanadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar