Markaziy bank tomonidan 2021 yil 15 dekabr kuni yangi dizayndagi 50 000 so`mlik va 100 000 so`mlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi hamda ularning ko`rinishi to`g`risida axborot berilgan edi .
Milliy valyutamiz dizayniga befarq bo`lmagan fuqarolarimiz tomonidan 50 000 so`mlik banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilganligi bildirildi.
Markaziy bank axborot xizmati xabar berishicha (https://t.me/centralbankuzbekistan/5327), mutaxassislar bilan qayta o`rganish natijasida haqiqatdan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi ma`lum bo`ldi.
Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi dizayndagi 50 000 so`mlik banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini hamda maqbaraning nomi to`g`ri qayd etilishini ma`lum qilindi.






