AsosiyJinoyat

Toshkentda qaryib 3000 evro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi aniqlandi

'Toshkentda qaryib 3000 evro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda, bank muassasasiga qarashli “Markaz” nomli valyuta ayriboshlash shahobchasiga topshirilgan 2 evro nominalidagi 2 470 dona 4 940 evro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi hamda amaliyot boshqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bo`limi xodimlari tomonidan ushbu valyutalar tekshirilmasdan qabul qilinganligi natijasida bank manfaatlariga 59,3 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.  

Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M” MChJ mol bozorida 2 bosh qo`ylarini sotish evaziga o`ziga notanish bo`lgan shaxslardan olgan 2,1 mln so`m pullardan 100 ming so`m kupyuradagi 20 donasi qalbaki ekanligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar