AsosiyJinoyat

Moskvada pichoqlab ketilgan o`zbekistonlik tish shifokori vafot etdi

'Moskvada pichoqlab ketilgan o`zbekistonlik tish shifokori vafot etdi'ning rasmi

Mosvakada o`zbekiston tish shifokori pichoqlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda KP xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 13 dekabr kuni Moskva viloyatining Janubiy Medvedkovo tumanidagi xususiy shifoxonada ishlab kelayotgan o`zbekistonlik stomatolog Jamol Odilov mijozi tomonidan pichoqlangan. 

Shu kuni Moskva shahrida qo`lga olingan 59 yoshli gumonlanuvchi Murod Oganesyanga Jamol Odilovning ishlash uslubi yoqmagan. Natijada, o`zi bilan olib yurgan pichoqni shifokorning oshqozoniga sanchib olgan.

Jiddiy jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan Jamol Odilov 17-dekabr, juma kuni vafot etdi.

Yuqoridagi holat yuzasidan “Qotillikka urinish” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, Oganesyan tergovga qadar hibsga olingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar