AsosiyJamiyat

"Raqamlar o`ynamoqda"..." O`zbekistonda yana 200ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

'"Raqamlar o`ynamoqda"..."  O`zbekistonda yana 200ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra, kecha O`zbekistonda 194 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, yana 3 nafar bemor vafot etdi. Bir muddat avval esa 174 kishi ushbu infeksiyani yuqtirib olgani haqida yozgandik. Bundan ko`rish mumkinki, koronavirus borasida raqamlar hamon "o`ynamoqda".

Vazirlikning qayd etishicha, 19 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197268 (+194) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

📌12 nafari Andijon viloyatida,

📌15 nafari Buxoro viloyatida,

📌5 nafari Jizzax viloyatida,

📌2 nafari Navoiy viloyatida,

📌5 nafari Namangan viloyatida,

📌17 nafari Samarqand viloyatida,

📌2 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌1 nafari Surxondaryo viloyatida,

📌9 nafari Farg`ona viloyatida,

📌12 nafari Xorazm viloyatida,

📌45 nafari Toshkent viloyatida,

📌69 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar