1

Farg`onada bir kunda ko`chada turgan 4 ta mashinaning oynasi sindirilib, o`g`irlik sodir etildi

Jinoyat 21.12.2021, 16:46
Farg`onada bir kunda ko`chada turgan 4 ta mashinaning oynasi sindirilib, o`g`irlik sodir etildi

11 dekabr kunidan 12 dekabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs Farg`ona shahri Farg`ona ko`chasi 80-uy oldida qarovsiz qoldirilgan M.E.ga qarashli “Jentra” rusumli avtomashinani old o`ng oynasini sindirish yo`li bilan ochib, 300.000 so`mlik moddiy zarar etkazgan. 

12 dekabr kuni soat 05:32 larda noma`lum shaxs Mustaqillik ko`chasi 48-uy oldida D.Sh.ga qarashli qarovsiz qoldirgan “Elantra Hyundai” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yo`li bilan ochib, 200.000 so`mlik zarar keltirgan. 

O`sha kuni soat 06:00 larda S.Temur ko`chasi 42-uy oldida qarovsiz qoldirilgan S.U.ga qarashli “Lasetti” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yo`li bilan ochib,  200.000 so`mlik o`g`rilik sodir etilgan. 

Soat 13:37 larda esa Mustaqillik ko`chasi 48-uy oldida qarovsiz qoldirilgan D.O.ga qarashli “Jentra” rusumli avtomashinasini oynasini sindirish yo`li bilan ochib, 300.000 so`mlik moddiy zarar etkazgan.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holatlar yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 19 yoshli D.O., 24 yoshli B.B va 23 yoshli S .D.lar sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, o`z mol-mulkingiz, pul mablag`laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o`g`irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo`shgan bo`lasiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1