AsosiyJamiyat

Namanganda chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi

'Namanganda chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi'ning rasmi

Bu haqda viloyat hokimining murojaatnomasida aytiladi.

Namangan viloyatda 2022 yilda 3 ta matematika va fizika, 4 ta kimyo va biologiya, 3 ta informatika fanlarini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bu haqda Namangan viloyat xokimi Shavkat Abdurazokov o`z murojaatnomasida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Umida Qo`shoqova.

Qayd etilishicha, viloyatda 3 ta matematika va fizika, 4 ta kimyo va biologiya, 3 ta informatika fanlarini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, sport zallari mavjud bo`lmagan 21 ta maktablarga zamonaviy sport zallar bilan ta`minlanadi.

Oliy ta`lim tizimida viloyatda kelgusida 10 ta oliy ta`lim muassasalari tashkil etiladi.

Jumladan:

- Xalqaro raqamli universitet (IDU-International digital university) Namangan filiali (Buyuk Britaniyaning Vulverxempton universiteti bilan);

- Pokiston Islom Respublikasining Lahor Universiteti bilan hamkorlikda “The international university of Namangan” universiteti;

- IMPULS BSR” MChJ tomonidan Davlat xususiy sherikchilik asosida Nodavlat oliy ta`lim muassasasi;

- “QAQNUS INDUSTRY” MChJ ustav kapitali asosida davlat ulushi bo`lmagan “Usmon Nosir nomidagi Namangan universiteti”;

- “Yangi asr universiteti” xususiy universitet;

- Qozog`iston bilan hamkorlikda “Outlet vodiy” MChJ tomonidan Ijtimoiy-gumanitar halqaro universitet;

- Ixtisoslashtirilgan Ibrat maktabi qoshida Xorijiy tillar universiteti;

- Namangan davlat universiteti qoshida Pedagogika instituti;

- Namangan davlat universiteti qoshida Jismoniy madaniyat instituti;

- Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida “Namangan to`qimachilik sanoati texnologiyasi instituti” tashkil etiladi.

Yana bir muhim jihat, Davlatobod tumanidagi “Yangi O`zbekiston - yoshlar ziyo maskani” kutubxonasi namunasida qolgan tumanlarda ham kutubxonalarni tashkil etish choralarini ko`rilishi ham aytiladi.

    Boshqa yangiliklar