AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Bugun,23 dekabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ham yomg`ir yog`ishi mumkin.

 Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda esa ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo`ladi.

Shuningdek, tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar