Kitob tumani hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Aspiduxtar qishlog`iga 20 sm qor yog`ibdi. Hududning katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar bo`ylab cho`zilgan baland Hisor va Zarafshon tog`lari egallaganligi hisobga olinsa, demak tog` yon bag`rlarida qish o`z hukumronligini surmoqda.
Ertalab Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Qamchiq" dovonida qorli sovuq ob-havo bo`layotgani haqida xabar bergan edi.






