2021 yil 19 dekabr kuni soat 08:30 larda Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani Bunyodkor ko`chasida yashovchi 33 yoshli T.D.ga tegishli bo`lgan “Moskvich” avtomashinasi yashash xonadoni oldidan olib qochilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga etmagan 17 yoshli K.M. sodir etganligi aniqlanib, T.D.,ga tegishli avtomashinani 3 km. masofagacha boshqarib borib, O`zbekiston tumani Dashtxasan ko`chasida joylashgan “Vaxobjon ota” choyxonasi yoniga tashlab ketganligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan K.M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u prosessual tartibda ushlangan.
Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari o`tkazilganda, u 19 dekabr kuni spirtli ichimliklar iste`mol qilib, avtomashinani ochiqligidan foydalanib kalit tanlash yo`li bilan o`t oldirib, olib qochib ketganligi bildirgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






