O`zbekiston Respubldikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining topshirig`iga asosan, xorijda o`qishni taklif qiluvchi konsalting xizmatlari ko`rsatuvchi korxonalarning reklama axborotlari hamda ushbu sohada iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va noto`g`ri reklamaga yo`l qo`ymaslik maqsadida o`rganish o`tkazildi.
Tele va radio hamda telegram kanallaridan olingan ma`lumotlarga ko`ra, viloyat huddida 21 ta xorijda o`qishni taklif qiluvchi konsalting xizmatlari ko`rsatuvchi korxonalar o`z xizmatlarini jamoatchilikka etkazishdi reklama axborotlaridan foydalangan.
Mazkur konsalting xizmati ko`rsatuvchi korxonalarning 11 tasi tomonidan berilayotgan reklama materiallarida O`zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risida”gi qonuning 6-moddasi talablariga zid bo`lgan.
Ularda “5 ta fandan imtihon topshirish kerak emas, hech qanday imtihonlar va sertifikatlarsiz talaba bo`l, hech qanday til talab qilinmaydi, 2-kursdan o`qishni boshla, 2-kursdan o`qishni O`zbekistonda davom ettiring, oson talaba bo`l, o`qimagan bolaga qiz yo`q deganday o`qimagan qizga ham er yo`q, Muammosiz va imtihonsiz, hech qanday til va sertifikatlarsiz, cheksiz imkoniyatlar eshigi” kabi ishonchsiz va qonun bilan tasdiqlanmagan iboralarni ishlatilgan.
Shu bilan bir qatorda, “Reklama to`g`risida”gi qonuning 13-moddasi talablariga zid holda, ya`ni “Internet tezligidan ham tezroq talaba bo`l, 100 % kafolatli ta`lim, 100% li kafolat, Eng nufuzi baland va eng ishonchli, eng zo`r sifatida tan olinmoqda, eng reytingi baland, maksimal darajada qulaylik,” mazmundagi noto`g`ri va bo`rtirib yuborilgan iboralardan foydalanib, iste`molchilarni chalg`itishi mumkin bo`lgan holda reklamalar axborotlari tarqatilayotganligi aniqlangan.
Konsalting xizmati ko`rsatuvchi korxonalarga qonun talablarini buzishni bartaraf etish yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari tarqatilgan hamda ushbu faoliyat turi bilan shug`ullaniyotgan va reklama axborotlarida qonun talablari buzilish holatlari mavjud bo`lmagan konlasting xizmati ko`rsatuvchi korxonalarga esa reklama berish to`g`risida qonuniy tushuntirish berilgan aloqa xatlari tarqatilgan.
Ogohlantirish xatlari tarqatilgan konsalting xizmati ko`rsatuvchi korxonalar tomonidan ixtiyoriy ravishda barcha reklama axborotlari qonun talablariga moslashtirish maqsadida tele va radio kanallari efirlaridan hamda ijtimoiy tarmoqlar sahifalaridan olindi.






