1

"Nega men bilan birga yashamaysan?" - namanganlik yigit ayolni pichoqlab tashladi

Jinoyat 23.12.2021, 16:41
"Nega men bilan birga yashamaysan?" - namanganlik yigit ayolni pichoqlab tashladi

Shu yil 17 sentyabr kuni soat 20:50 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan yigit tumandagi oshxonada ishlaydigan tanishi 1994 yilda tug`ilgan ayolni pichoqladi. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, yigit ayolni o`zi bilan birga yashamayotganligi uchun yonida bo`lgan osh pichoq bilan ko`krak orqa devori va chap quloq orqa qismiga bir marotabadan urib, tan jarohati etkazgan.

Ma`lum qilinishicha, 26 yoshli yigit avval ham Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan sudlangan. 

Ushbu holat bo`yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 17 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1