Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida teshilgan suv quvurini xodim skotch bilan yamagani tasvirlangan vido tarqaldi. Holat yuzasidan «Jizzaxsuvta`minot» munosabat bildirdi.
Munosabatda ma`lum qilinishicha, videodagi holatda payvandlash me`yoriy qoidalariga asosan sinash va tekshirish ishlari amalga oshirilayotgan bo`lgan. Tarmoqda kerakli bosim berilganda nosozlik aniqlangan nuqtalarga vaqtinchalik skotchdan foydalanilgan.
«Sinash ishlari yakunlanganidan so`ng tarmoqdagi barcha nosozliklar chilangarlar tomonidan payvandlash me`yoriy qoidalariga to`liq amal qilgan holda yakuniga etkazilgan», - deyiladi munosabatda.






