AsosiyJamiyat

Bugungi kungacha olib qo`yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 4 mlrd 695 mln so`mni tashkil qilmoqda

'Bugungi kungacha olib qo`yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 4 mlrd 695 mln so`mni tashkil qilmoqda'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda  Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati rahbari o`rinbosari Husan Tangriev pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo`nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 27 dekabr holatiga ko`ra, respublika bojxonachilari tomonidan aniqlangan 209 ta bojxona qonunbuzilishi holatida 5 mln. 732 ming donadan ortiq pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilgan.

Umumiy hisobda, yil boshidan buyon davlat bojxona xizmati organlari tomonidan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo`yilgan jami pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 4 mlrd. 695 mln. so`mni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar