Prezident Shavkat Mirziyoevning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti rejalashtirilgan. Muloqotda aholi fikrini o`rganish uchun maxsus "Call"-markaz ham tashkil etilgan. Markazga Respublikamizning barcha hududlaridan turili xil sog`liqni saqlash sohasidagi savol, taklif va shikoyatlar kelib tushmoqda. Eng ko`p beriladigan savollardan biri omiladorlarga tibbiy yordam ko`rsatish hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash. ayni shu mavzudagi murojaatlar yuzasidan mutasaddilar ishtirokida birifing o`tkazildi.
Sog`liqni saqlash tizimining bu yo`nalishi har bir viloyat markazi va yirik shaharlarda sog`lom bola tug`ilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlovchi perinatal va skrining markazlari tashkil etish borasidagi umumdavlat chora-tadbirlarini ro`yobga chiqarish bo`yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek tibbiyot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan keng chora-tadbirlar kompleksini, shu jumladan oilada va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va ma`naviy barkamol avlodni shakllantirish har doim dolzarb masala bo`lib kelgan.
Prezidentimizning sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan bo`lib o`tadigan “Ochiq muloqoti” doirasida tashkillashtirilgan mazkur brifingda, Sog`liqni saqlash vaziri o`rinosari Elmira Bositxonova, Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Bahtiyor Ergashev, Bolalar milliy tibbiyot markazi oftalmologiya bo`limi mudiri Abdurazzoq Qoriev, Bolalar milliy tibbiyot markazi plastik jarrohi Anvar Razzoqov, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamshiralari Nigora Shoeva va Safura Nabievalar ishtirok etishdi.
Eslatib o`tamiz joriy yilning 27 dekabr sanasiga qadar “Call-markazi”ga Onalikni va bolalikni muhofaza qilish yo`nalishida tibbiyot hodimlaridan 65 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, ulardan 52 tasi hal qilingan.