Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari, O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov raisligiga kengaytirilgan videoselektor majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda nogironligi bo`lgan shaxslarning hayotini yanada yaxshilash, xatlov ishini boshlash – nogironligi bo`lgan shaxslarning ro`yxatini shakllantirish, ba`zaga joylash ishlari bo`yicha topshiriq berildi. Shuningdek, har bir tumanda, viloyatda shtab tuzish masalasiga e`tibor qaratildi.
Tizimdagi eng muhim vazifalardan biri bo`lgan xatlov jarayonlari bo`yicha 2022 yilning yanvar oyida Respublika bo`ylab ishchi guruh o`z faoliyatini boshlashi ta`kidlandi.
Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo`limi boshlig`i, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi raisi bilan uyushgan holda mahallabay ishlashni yo`lga qo`yishi, uyma-uy yurib, mahalla raisi va QVP, oilaviy poliklinika xodimlari bilan nogironligi bo`lgan shaxslarni qayta ro`yxatga olishi va bu ishni 2022 yilning fevral oyiga qadar tugatishi yuzasidan topshiriq berildi.






