AsosiyJamiyat

2022 yilda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog`laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo`nalishi ochiladi

'2022 yilda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog`laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo`nalishi ochiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Transport vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ma`lum qilishdi.  

Qayd etilishicha, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat ko`rsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida 2021 yil 8 oktyabrda “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 630-son Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.  

Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog`laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo`nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

 Tashuvchilarga norentabel yo`nalishlar bo`yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar