AsosiyJamiyat

Rossiyada turar-joy va mablag`siz qolgan fuqarolar O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada turar-joy va mablag`siz qolgan fuqarolar O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Jizzax viloyatidan K.E. va Qoraqalpog`iston Respublikasi Q.D. murakkab vaziyatga tushib qolib, murojaat qilgan. Bu haqda Agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, ushbu fuqarolar 2021 yilda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Astraxan viloyatidagi korxonalardan biriga ishlash uchun borgan. Fuqarolarning pasportlari olib qo`yilgach, ular vakolatxonaga yordam so`rab murojaat qilgan. Shundan so`ng milisiya xodimlari orqali pasportlari qaytarib olingan va korxonadan ishdan bo`shatilgan.

Ishsiz qolgan fuqarolar Penza shahrida og`zaki kelishuv asosida ishga joylashgan, ammo bu safar ham ish beruvchi tomonidan aldanib, turar-joy va mablag`siz murakkab vaziyatga tushib qolgan.  

Fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Vatanga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar