AsosiyJinoyat

Sirdaryoda sharmandalikdan qutilish uchun farzandini sotgan ayolga sud xukmi o`qildi

'Sirdaryoda sharmandalikdan qutilish uchun farzandini sotgan ayolga sud xukmi o`qildi'ning rasmi

Nazokat Bo`rieva  O`zbekistonda topayotgan  pulidan qanoatlanmay xorijga ish izlagani ketadi. Qizi  Sitorani esa yaqinlariga ishonib topshirib ketadi.  Xorijdan qaytgach hali turmush qurmagan qizining xomilador ekanligini payqaydi.  Yolg`iz nazoratsiz tashlab ketganiga afsus chekadi.  Sharmandalikdan qutilish maqsadida qizini Sirdaryoga yashaydigan  tanishining uyiga  jo`natadi.

Sitora O`lmasjonova tug`ruqxonada ko`zi yorishidan ikki-uch kun oldin Shohsanam ismli ayol bilan tanishib qoladi. Suhbat asnosida Sitora yangi tanishiga tug`ilajak farzandini 3 ming 200 AQSh dollariga sotish niyatida ekanini aytadi. Odam topib berishni so`raydi.

Shunda Shohsanam ona-bolaning noqonuniy xatti-harakatlariga qonuniy chora ko`rishni so`rab, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Bundan bexabar Sitora tug`uruqxonadan chiqishayotganini aytib, Shohsanamga qo`ng`iroq qiladi. Tug`uruqxonaga etib borgan Shohsanam ularni o`zining xonadoniga olib boradi.

Oradan ko`p vaqt o`tmay Shohsanaming dugonasi  Shoira kelishilgan pulni olib keladi. N.Bo`rieva Shohsanamdan 3 ming 200 AQSh dollarini sanab oladi. Kelishuvga ko`ra, Sitora fuqaro Sh. Inomovaga o`z xohishi bilan bolasini topshirgani va buning evaziga 3 ming 200 AQSh dollar miqdoridagi pullarni olgani, kelgusida da`vo qilmasligini bayon etib, tilxat yozib beradi. Tilxatga Sitora bilan birga onasi N.Bo`rieva ham imzo qo`yadi.

Chaqaloqni jabrlanuvchilarga topshirgan bolafurushlar uydan chiqishi bilan qo`lga olindiva ularga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. voyaga etmagan Mohina O`lmasjonova «Bolalar uyi»ga topshirildi.

Sudlanuvchilar N.Bo`rieva va S.O`lmasjonovani Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

    Boshqa yangiliklar