AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati hokimligi 477,9 mln so`mlik avtomobilini xarid qilmaydigan bo`ldi

'Sirdaryo viloyati hokimligi 477,9 mln so`mlik avtomobilini xarid qilmaydigan bo`ldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Kia Sorento Comfort avtomobilini xarid qilish uchun 477,9 mln so`m mahalliy byudjetga  ajratilgani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Sirdaryo viloyati hokimligining xabariga ko`ra, muhokamalardan so`ng mashina uchun ajratilgan 477,9 mln so`m mahalliy byudjetga tiklanib, “Saxovat va ko`mak” jamg`armasiga o`tkazilgan.

Shuningdek, viloyat mahalliy byudjeti mablag`larini ishlatilishini hamda davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilik talablarini etarli nazorat qilmaganligi uchun viloyat hokimining birinchi o`rinbosari Karimov Anvar Rasulovichga nisbatan — “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar