AsosiyJamiyat

2022 yildan kam ta`minlangan, I va II guruh nogironligi bo`lganlarga davlat xizmatlari 50 foizgacha chegirma bilan ko`rsatiladi

'2022 yildan kam ta`minlangan,  I va II guruh nogironligi bo`lganlarga davlat xizmatlari 50 foizgacha chegirma bilan ko`rsatiladi'ning rasmi

Bu haqda Adliya vaziri R. Davletov yozmoqda.

Uning qayd etishicha, Adliya tizimi bir kunda o`rtacha 70 ming fuqaroga xizmat ko`rsatmoqda.

 "Adliya organlari faoliyatini fuqaro ehtiyojiga qaratilgan tarzda tashkil qilish va aholini rozi qilish bizning majburiyatimiz. Buning uchun, avvalo, byurokratiyani qisqartirish aholining hayotini osonlashtirishda tez samara beradigan vositadir",-deydi vazir.

Birgina 73 turdagi ma`lumot va "spravka"larning bekor qilinishi natijasida yiliga o`rtacha 5 mlndan ortiq fuqaroning ovora bo`lishiga barham berilib, ularning 60 mlrd so`mdan ortiq mablag`i o`zida qolgani ta`kidlanadi.

"Umuman olganda, o`tgan yil davomida tizim tashkilotlari tomonidan aholiga 11 mln dan ortiq xizmatlari ko`rsatildi. Kelayotgan yildan 59 turdagi davlat xizmatini ko`rsatish muddati o`rtacha 2 baravar qisqartiriladi",-deydi Davletov.

Ta`kidlanishicha, kelgusi yillarda to`lovlar qisqartirildi:

"Kam ta`minlanganlar, I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga davlat xizmatlari bo`yicha har qanday to`lovlar 50 foiz chegirma bilan ko`rsatiladi",-deydi vazir.

Qayd etiladiki, 6 turdagi davlat xizmati uchun to`lovlar miqdori allaqachon keskin kamaytirildi, ilgari to`lov undirilgan 2 turdagi xizmat endi bepul ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar