AsosiyJinoyat

Bekobod shahar hokimligi xodimi 128 ming dollar pora bilan qo`lga olindi

'Bekobod shahar hokimligi xodimi 128 ming dollar pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisi o`zganing ishonchiga kirib, muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birgalikda undan noqonuniy ravishda 128 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, hokimlik vakili ushbu pul mablag`i evaziga, maktabgacha ta`lim muasssasi binosini xususiylashtirib olishda va shahar hududidan 1 gektar er maydoni ajratilishida yordam berishni va`da qilgan.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa, Urgut tumanidagi uzum etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaligining 20 sotix er maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan fuqaro, ushbu erning 10 sotixini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga undan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Yana bir holatda, 1961 yil Jizzax viloyatida tug`ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan fuqaroga Toshkent shahrida joylashgan va tender bahosi 5 mlrd. so`m bo`lgan bino hamda er uchastkasini olishda yordam berishni va`da qilib, evaziga 25 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan pul mablag`idan 2 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar