Hodisa oqibatida yana 4 nafar fuqaro shifoxonaga joylashtirildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, hodisa bugun, soat 17:00 da Uchko`prik tumani «Qorayantoq» MFY Qorayantoq qishlog`ida joylashgan hammomda yuz bergan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida ushbu holat yuzaga kelgan. Oqibatda hammom binosining tom qismi qulab tushgan va uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Yana to`rt nafar odam turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari etib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.






