AsosiyJamiyat

Andijonning 56 metrlik "bezagi", Qashqadaryoning uch hududida ko`rk ochgan, yashil "bayram shukuhi", Navoiyning “Yoshlar xiyoboni”ga ko`rk bergan "mayog`i"... 2022 yilni kutib oluvchi bosh archalar yana qaerlarda o`rnatildi?

'Andijonning 56 metrlik "bezagi", Qashqadaryoning uch hududida ko`rk ochgan, yashil "bayram shukuhi", Navoiyning “Yoshlar xiyoboni”ga ko`rk bergan "mayog`i"...  2022 yilni kutib oluvchi bosh archalar yana qaerlarda o`rnatildi?'ning rasmi

Yangi 2022 yilga ham sanoqli soatlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalari allaqachon avjida.  Shu o`rinda, yangi yilni kutib olish uchun mo`ljallangan O`zbekistonning har bir hududiga o`rnatilgan bayram archalari bilan tanishtiramiz.

O`ZBEKISTON BOSh ARChASI “YaNGI O`ZBEKISTON” BOG`IDA QAD KO`TARDI

7 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan mehmonlar va sayyohlar kayfiyatini ko`tarish uchun har xil ko`ngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Bog`da, shuningdek, muz maydoni ham tashkil qilindi. Unda xavfsizlik ta`minlanishi ma`lum qilingan “Yangi O`zbekiston” bog`i ma`muriyati ma`lumotida.

MA`LUMOT UChUN, “Yangi O`zbekiston” bog`i Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida joylashgan.

ShUNINGDEK, poytaxtimizdagi “Toshkent City” hamda “Humo” arena maydonida ham eng chiroyli bayram archasi o`rnatilgan va bayram yarmarkalari tashkillashtirilgan.

ESLATIB O`TAMIZ, O`zbekistonda Yangi yil bosh archasi ko`p yillar davomida Mustaqillik maydonida o`rnatib kelingan. Ammo so`nggi yillarda asosiy archaning manzili bir necha marta o`zgardi. O`tgan yili esa eng baland archa Istiqlol ko`chasiga (O`zbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) o`rnatilgandi.

QAShQADARYoDAUCh JOYDA YaNGI YIL ARChALARI O`RNATILADI

QAShQADARYoNING MARKAZI QARShI ShAHRIDAGI 3 TA MAYDONDA:

  • Viloyat musiqali drama teatri oldida bosh archa (balandligi 36 metr), 
  • Odina xiyoboni
  • Temir yo`l vokzali oldida yangi yil archalari o`rnatildi. 

Bayram tadbirlarida ertaklar shaharchasi timsolida savdo yaramarkalari rastalari o`rnatilib, turli badiiy va ko`ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda. 

ANDIJONNING 56 METRLIK BOSh ARChASI

BAYRAM ARChASI ANDIJON MARKAZIDAGI AMIR TEMUR ShOXKO`ChASIDA O`RNATILDI. BALANDLIGI 56 METR BO`LGAN ARChA OSIYoDA YaGONA SANALADI.

11 dekabrdan boshlangan bayram tadbirlari, konsert dasturlar 10 yanvar 22:00 ga qadar davom etadi. Kirish mutlaqo bepul. 

SIRDARYoNING BOSh ARChASI “ISTIROHAT BOG`I”DA!

Sirdaryo viloyatining bosh archasi Guliston shahrida o`rnatilib, balandligi 16 metrni tashkil qiladi. 

Maxsus komissiyaning joriy yil 30 noyabrdagi 90-son yig`ilish bayoniga ko`ra, aholi salomatligini ta`minlash hamda viloyatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida bayram tadbirlarini imkon qadar ommaviy tarzda emas, oila davrasida o`tkazish tavsiya etilmoqda.

“Prezident archasi” bayram tadbiri esa 29 dekabr kuni Guliston shahridagi “Zomin” tantanalar uyida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo`lida qurbon bo`lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ishtirok etadilar hamda ularga  “Prezident sovg`asi” ulashiladi.

XORAZMDAGI BOSh ARChA URGANCh ShAHRIDA

XORAZM VILOYaTI URGANCh ShAHAR HOKIMLIGI TOMONIDAN BAYRAM ARChASI ShAHARDAGI “AL-XORAZMIY” KO`ChASINING PAHLAVON MAHMUD KO`ChASI BILAN KESIShMASI YoNIDAGI URGANCh MARKAZIY MAYDONIDA O`RNATILDI. BALANDLIGI 33 METR. 

FARG`ONADA HAM BAYRAM ShUKUHI SEZILIB TURIBDI

FARG`ONA VILOYaTIDA YaNGI YIL BOSh ARChASI I.KARIMOV NOMIDAGI TEATR VA KONSERT SAROYI OLDIDA O`RNATILDI. BALANDLIGI 36 METRDAN IBORAT.

Shu bilan birga, shahar hokimligi tomonidan shaharda o`rnatilgan 4 ta (36 metr balandlikdagi Yuksalish ko`chasida, 22 metrli archa Kashtanzor ko`chasida, yana ikkita 10 metrli archa Farg`ona A.Qodiriy ko`chalarida) “Yangi yil” archalari oldida viloyatdagi taniqli san`atkorlardan iborat konsert dasturlari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bayram tadbirlari 20 dekabrdan 10 yanvargacha soat 10:00 dan 20:00 ga qadar davom etadi.

NAVOIYNING BOSh ARChASI “YoShLAR XIYoBONI”DA...

NAVOIY VILOYaTINING NAVOIY ShAHRI “YoShLAR” XIYoBONIDAGI MARKAZIY MAYDONIDA BALANDLIGI QARIYB 26 METR BO`LGAN ARChA O`RNATILDI. 

SAMARQAND ShAHRIDA BAYRAM TADBIRLARI 7 MANZILDA O`TKAZILMOQDA.

Samarqand viloyatida ham bayram tadbirlari turli manzillarda o`tkazilishi rejalashtirilgan. Asosan etti manzilda 15-30 metrlik bosh archalar o`rnatilDI. Ushbu manzillarda quyidagi tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan: 

  1. Alisher Navoiy va Kamol Ota Turk ko`chalari kesishmasida (Viloyat Savdo sanoat palatasi oldida): 

1-seans: 10:00-13:00

2-seans: 17:00-21:00

  1. Temiryo`l vokzali oldidagi maydon: 

1-seans: 12:00-14:00

2-seans: 15:00-20:00

3.    Sattepo maskani – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyi oldidagi maydon: 

1-seans: 11:00-13:00

2-seans: 15:00-19:00

4.   Kimyogarlar shaharchasi – “Nurafshon” san`at saroyi oldidagi maydon: 

1-seans: 10:00-12:00

2-seans: 15:00-19:00

5.    So`lim shaharchasi – 2-son zamonaviy madaniyat va dam olish markazi binosi oldidagi maydon: 

1-seans: 11:00-14:00

2-seans: 16:00-18:00

6.    Farhod shaharchasi – “Zarafshon” istirohat bog`ida:

1-seans: 11:00-13:00

2-seans: 15:00-18:00

7.    Qorasuv massivi – 99-116 uylarning oldidagi maydonda

1-seans: 11:00-13:00, 

2-seans: 15:00-18:00

JIZZAXDA BALANDLIGI 25 METRNI TAShKIL ETADIGAN BOSh ARChA

JIZZAX VILOYaTI JIZZAX ShAHRI MARKAZIDAGI MUSTAQILLIK MAYDONIDA YaNGI YIL BAYRAMINING BOSh ARChASI O`RNATILDI. 

Mazkur archa atrofida Madaniyat boshqarmasida tomonidan tashkillashtirilgan bayram tadbirlari 15 dekabrdan boshlangan. Har kuni soat 14:00 dan kechki 21:00 gacha davom etadi. Konsert dasturlari mutlaqo bepul tarzda o`tkaziladi.

NAMANGAN“AFSONA”SIDAGI AFSONAVIY ARChA

Viloyatda tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan, Namangan shahridagi Z.M.Bobur nomli madaniyat va istirohat bog`ida – 1 ta, “Afsonalar vodiysi” bog`ida – 1 ta, Namangan viloyati madaniyat markazi oldida – 1 ta, ja`mi 3 ta hamda tumanlarning markazlarida – 12 ta  viloyat aholisiga (viloyat bo`yicha jami 15 ta joyda) Yangi yil archasi o`rnatilib, archa atrofida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan bayram tomoshalari o`tkazish belgilangan. 

Jumladan:

20 dekabr kunidan boshlab, Z.M.Bobur nomli madaniyat va istirohat bog`ida “Assalom Yangi yil!” deb nomlangan teatrlashtirilgan Yangi yil bayram tomoshalari viloyat aholisi va yoshlarga namoyish etilmoqda.

Tumanlar markazlarida esa 20 dekabrdan 3 yanvar kuniga qadar yangi yil bayram tadbirlari o`tkaziladi. 

Namangan ixtisolashtirilgan san`at maktabida “Prezident archasi” bayram tadbirida “Yangi yil ertak tomoshalari” deb nomlangan spektakl hamda bolalar jamoalari ishtirokida bayram tomoshalari namoyish etish rejalashtirilgan.

Viloyat musiqali drama teatrida o`tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo`lida qurbon bo`lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda yilning eng faol yoshlari ishtirok etadilar.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI NUKUS ShAHRIDA  YaNGI YIL ARChALARI O`RNATILDI

BAYRAM MUNOSABATI BILAN NUKUS ShAHRIDAGI UChTA MAYDONDA BAYRAM ARChALARI O`RNATILDI.

Nukus shahri markazidagi T.Qaypbergenov va Sayohatchilar ko`chalari kesishmasida joylashgan I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat san`at muzeyi oldiga, E.Alakөz ko`chasi bo`yida joylashgan Korzinka va Mega Nukus savdo majmualari oldidagi maydonlarda bayram archalari o`rnatildi. 

Konsert dasturlari 2021 yilning 27-dekabr sanasidan 2022 yilning 5-yanvar sanasiga qadar belgilangan. Boshlanish vaqti 19:00.

                                                                                                                                      Maftuna JO`RAEVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar