AsosiyJinoyat

Bekobod hokimligi bosh mutaxassisi 128 ming dollar bilan ushlandi

'Bekobod hokimligi bosh mutaxassisi 128 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati er maydonlarining noqonuniy sotilishiga qarshi tadbirlar o`tkazdi.

DXXning Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisi o`zganing ishonchiga kirib, muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birgalikda undan noqonuniy ravishda 128 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, hokimlik vakili ushbu pul mablag`i evaziga maktabgacha ta`lim muassasasi binosini xususiylashtirib olishda va shahar hududidan 1 gektar er maydoni ajratilishida yordam berishni va`da qilgan.

    Boshqa yangiliklar