Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi MFY raisi o`rinbosari nafaqa tayinlanishida ko`maklashganini aytib, fuqarodan pul talab qilgani, pulni "slick" tizimi orqali olishga uringani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati hozirda MFY raisi o`rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini qayd etmoqda.
Ta`kidlanishicha, MFY raisi o`rinbosari fuqaroga mehmoni borligini aytib, kelishilgan masala bo`yicha ataganini berishini so`ragan.
"Mazkur holatga munosabat bildirgan tuman IIB mas`ullari holat bo`yicha MFY raisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi",-deydi hokimlik axborotida.
Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Yu.M.ning Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig`i nomiga yozgan arizasi yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida Dehqonobod tumanida yashovchi shaxs 021 yilning 29 yanvar kunidan hozirgi kunga qadar MFY raisi o`rinbosari sifatida ishlab kelib, boshqalar bilan o`zaro til biriktirgan holda xizmat mavqeyidan foydalanmoqchi bo`lgn.
U jinoiy til biriktirib, o`zgalar mulkini ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida 2021 yilning noyabr oyida fuqaro Yu.M.ga voyaga etmagan besh nafar 14 yoshga to`lmagan farzandi uchun kam ta`minlangan oilalarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa chiqarib berishini va`da qiladi. Evaziga esa undan jami 250 ming so`m pul talab qilgan.
"Mazkur holat yuzasidan MFY raisi o`rinbosari H.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






