AsosiyJinoyat

Namanganda 15 yoshli bola xonadondan 200 dollarni o`g`irlab ketdi

'Namanganda 15 yoshli bola xonadondan 200 dollarni o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Voqea bo`yicha 2021 yil 27 dekabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qiladi.

Uning ta`kidlashicha, shu kuni soat 08:00 dan soat 12:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, yashash uyiga kirib, yotoqxonasidagi turmush o`rtog`iga tegishli ayollar sumkasidan 200 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.

Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig`i, TEQKB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o`quvchisi, 2006 yilda tug`ilgan bola sodir etganligi aniqlangani haqida bayon qiladi viloyat IIB.

Ta`kidlanishicha, ushbu holat bo`yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 dekabrʼ kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar