1

O`zbekistonda boshlangan haftada qanday ob-havo kuzatiladi? O`zGidromet ma`lumot berdi

Jamiyat 17.01.2022, 11:40
O`zbekistonda boshlangan haftada qanday ob-havo kuzatiladi? O`zGidromet ma`lumot berdi

Bugun va ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi, bunday holat Eron hududlaridan issiq va juda nam havo massalari kirib kelishi bilan bog`liqdir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha,  Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Havo harorati kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, ba`zi joylarda havo ochiq bo`lganda 12° iliqqacha, shimolda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq -2° iliq atrofida bo`ladi.

Respublika bo`yicha 19 yanvar kuni ertalabga yomg`ir jadalligi pasaya boshlaydi, lekin kunduz kuni sovuq front o`tishida ayrim hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi kuzatiladi. Respublika bo`yicha havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-8° iliqqacha pasayadi.

Payshanba kuni O`zbekistonda havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-10° iliq bo`lgan quruq va biroz bulutli ob-havo kutilmoqda.

Juma kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, shimolda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

18-19 yanvarda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

18-19 yanvarda respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi. 18-19 yanvarda qor ko`chishi xavfi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1