1

Ozoda Nursaidovaga Putin nomidan maxsus sovg`a berildi

Shou-biznes 20.01.2022, 11:02
Ozoda Nursaidovaga Putin nomidan maxsus sovg`a berildi

15 yanvar sanasida Moskvadagi Kreml saroyida  Markaziy Osiyo xalqlari do`stligi gala-konserti o`tkazilgan edi. Unda O`zbekistonning taniqli xonandasi Ozoda Nursaidova ham ishtirok etdi. Nursaidova  hozir ham Moskvada bo`lib turibdi.

U o`zining "Instagram"dagi sahifasi orqali xabar qilishicha, unga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan soat sovg`a qilindi.

Unga berilgan jigarrang quti ustiga Rossiya Prezidentidan deb yozilgan va Federasiya gerbi tushirilgan. Quti ichidan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla soat va uning haqiqiyligini tasdiqlovchi pasport  o`rin olgan. 

Soat siferblatiga ham Rossiya gerbi va Prezident yozuvi tushirilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu sovg`a Rossiya Prezident nomidan taqdim etilgan va u do`konlarda sotilmaydi. Ular maxsus nusxalarda tayyorlanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1