AsosiyJamiyat

Toshkentda talaba qizga tegajog`lik qilib, uni derazadan tashlab yuborgani aytilgan «zamdekan» ishi bo`yicha tergov yakunlanib, sudga yuborildi

'Toshkentda talaba qizga tegajog`lik qilib, uni derazadan tashlab yuborgani aytilgan «zamdekan» ishi bo`yicha tergov yakunlanib, sudga yuborildi'ning rasmi

Xabaringiz bor bundan bir muddat avval, 2021 yil 18 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan  o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchun derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani haqida xabar tarqalgan va shunga ko`ra, dekan o`rinbosari Yu.B.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilib tergov jarayonlari boshlab yuborilgan edi. Ayni paytda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, mazkur holat bo`yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirildi. 

Keltirilishicha, tergov davomida B.Yu.ga nisbatan JKning 25,118-moddasi  1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayb e`lon qilingan.  2022 yilning 4 mart kuni jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, tomonlar jinoyat ishi xujjatlari bilan tanishtirilgan.  

2022 yilning 8 mart kuni jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi tuzilib, jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudga yuborish uchun Yakkasaroy tuman prokuraturasiga yuborilgan.

2022 yil 10 mart kuni esa Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi tasdiqlanib,  JIB Yakkasaroy tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o`tamiz, mazkur voqea sodir bo`lgan davrda "darakchi.uz" tafsilotlarni batafsil o`rganish uchun talaba qiz olib borilgan shifoxonada bo`lib, jabrdiyda va uning onasi bilan suhbat o`tkazgan edi. 

    Boshqa yangiliklar