AsosiyJamiyat

Samarqand davlat universiteti talabasi o`zini yotoqxonaning 9-qavatidan tashladi

'Samarqand davlat universiteti talabasi o`zini yotoqxonaning 9-qavatidan tashladi'ning rasmi

Hodisa haqida "Zamon" tezkor lavha tayyorladi

Ma`lum bo`lishicha, 2022 yil 29 mart kuni Samarqand shahri Spitamen ko`chasida joylashgan Samarqand Davlat universiteti yotoqxonasining 9-qavatidan mazkur OTM talabasi bo`lgan qiz o`zini tashlab yuborgan. 

Dastlabki surishtiruvlarga ko`ra, qizning OTM o`qituvchilari va talabalari bilan hech qanday nizoli vaziyati bo`lmagan.

"U og`ir-bosiq, tarbiyali va jur`atsizroq edi. Lekin juda o`qishga qiziqishi va intilishi yaxshi edi. Hozir talabalarga ishlashga imkoniya berilgan bo`lsa-da, "yo`q, men avval yaxshi bilim olishim kerak" deb ishlashga ham unamasdi. Biz har bir talaba va xonadoshlari bilan suhbatlashib chiqdik, u hech kim bilan "konflekt"ga bormagan", - deydi SamDUning yoshlar masalalari bo`yicha  birinchi prorektori Shahzoda Negmatova. 

Qayd etilishicha, qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan, biroq 9-qavatga chiqib o`zini tashlab yuborgan. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, 2021 yil 30 noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o`qigan talaba qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab o`z joniga qasd qilgan edi. Shuningdek, 2021 yil 18 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan  o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchun derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani aytilgan va hozirda mazkur holat bo`yicha ish sudga yuborilgan. 

Boshqa yangiliklar