Qashqadaryo viloyatida 7 sinf o`quvchisi Sh.Sh. ham o`z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, voqea 6 may kuni kech soat 23:00 lar atrofida, ro`mol yordamida sodir etilgan.
Hozirda Qarshi shahar prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazayotgani ma`lum qilinmoqda.
Eslatib o`tamiz, 5 may kuni Qamashi tumanidagi 16-maktabning 9 sinfida o`quvchi qiz arqon bilan o`zini osib, vafot etgandi. Hozirda holati tuman prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda.
Tekshirish doirasida mutasaddi idoralar (maktab, IIB va MFY) xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.