AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" 10 mayga ob-havo prognozini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo 20-25° gacha isiydi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida vaqti- vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21-23° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti- vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar