“Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko`rishga chaqiramiz, - deb ta`kidlangan hujjatda.
Unda qayd etiladiki, Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyusiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.
"Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo`li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko`rsatishga chaqiramiz”,-deyiladi TIV bayonotida
Ma`lumot o`rinda, Sharqiy Quddusdagi Al- Aqso masjidi yaqinida falastinliklar va Isroil kuchlari o`rtasida to`qnashuvlar sodir bo`lgandi.






