Navoiy viloyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Raxmanov Nazirbek Israilovich Zarafshon shahar hokimi etib tayinlandi.
Egamqulov Muratxan Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. Ma`lumotga ko`ra, u bungacha Konimex tumani hokimi bo`lgan.
Shuningdek, Ro`ziev Ruslan Nasirovichga Konimex tumani hokimi lavozimi berildi.
Navbahor tumani hokimligiga esa O`roqov Azamat Shodievich rahbar etib tayinlandi.






