AsosiyJamiyat

Tog`li hududlarda havo harorati keskin pasayadi

'Tog`li hududlarda havo harorati keskin pasayadi'ning rasmi

O`zbekiston hududida ayrim daraxtlar ayni mevaga kirayotgan pallada tog`li hududlarda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Baland tog`larda xatto qor yog`ishi ham mumkin. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari kanali muallifi, doktorant Erkin Abdulahatov xabar bermoqda.

"Ayni mavsum shimoldan o`tayotgan antisiklon chetki qismi 10-12 may kunlari o`zbek tog`larida ham havo haroratini kechalari nol darajagacha pasaytiradi. Baland tog`larda qor yog`ishi mumkin",-deyiladi unda. 

Bu iqlimiy sharoit ancha oldin tog` yaylovlarida chorva mollarini o`tlashga olib ketgan cho`ponlar hamda asalarichilik tarmog`idagi tadbirkorlar ishini qiyinlashtirishi mumkinligi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar