AsosiyJinoyat

Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarning o`qishini ko`chirib bermoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

'Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarning o`qishini ko`chirib bermoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan  DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.P. boshqa bir fuqaro G.M.dan tanishi S.M.ni Qirg`iziston Respublikasidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o`qishini ko`chirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Yunusobod tumani bo`limi va DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.S. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari orqali Qirg`iziston Xalqaro universitetining 3-kursini tugatganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab, O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalaridan biriga ko`chirtirib berishni 7 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Parkent tumani bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.I. fuqaro B.ning o`qishini Qozog`iston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasidagi universitetga ko`chirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar