Aprel oyida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilari o`z vaqtida fuqarolik pasporti, ya`ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e`lon berilgan edi.
Shundan so`ng mazkur xabar ko`plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e`lon qilindi.
Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlarda ID-karta bo`lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Buning natijasida Davlat test markaziga abiturientlar tomonidan pasportimiz bo`lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko`plab murojaatlarga javob berdi.
Bu bo`yicha quyidagilarni ma`lum qilindi:
- joriy yilda ham oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari uchun abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
- ro`yxatga olishda abiturientlarning rasmi va pasport ma`lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;
- buning uchun abiturientda biometrik pasport yoki ID-karta bo`lishi lozim;
- bunda biometrik pasportga ega bo`lgan abiturientlar ID-karta olishlari shart emas;
- abiturientlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro`yxatdan o`tishlari mumkin.