AsosiyJamiyat

Sariosiyoning “To`palang” daryosida sel oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaro ham topildi

'Sariosiyoning “To`palang” daryosida sel oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaro ham topildi'ning rasmi

Kecha  10 may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog`li hududi “Bog`iston” MFY “Zoxona” qishlog`ida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.

Hodisa oqibatida ushbu hududda o`zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo`lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.  

FVV holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

Sariosiyo tumanining tog`li hududi “Bog`iston” MFY “Zoxona” qishlog`ida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimi hodisasi oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaroning ham jasadi topildi.

Ayni vaqtda “To`palang” daryosi o`zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda, ikkinchi fuqaroning jasadi birichi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 km quyidan topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar