1

Sud Toshkentda yangi yil kuni "ognetushitel" portlatgan yigitlarga hukm o`qidi

Jamiyat 16.05.2022, 15:42
Sud Toshkentda yangi yil kuni "ognetushitel" portlatgan yigitlarga hukm o`qidi

Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bir nechta yigitlar yo`lning o`rtasida "ognetushitel"ni portlatishgan edi. Natijada, 3 nafar fuqaroga tan jarohati etgan edi.  

JIB Shayxontohur tumani sudida mazkur holat bo`yicha 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi ko`rib chiqildi.  8 nafar sudlanuvchi bir guruh bo`lib, oldindan til biriktirib pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, tashish va undan foydalanish jinoyatini sodir qilishgan.

Sudlanuvchilar:

Birinchi sudlanuvchi 21 yosh.

Ikkinchi sudlanuvchi 22 yosh.

Uchinchi sudlanuvchi 19 yosh.

To`rtinchi sudlanuvchi 25 yosh.

Beshinchi sudlanuvchi 21 yosh.

Oltinchi sudlanuvchi 21 yosh.

Ettinchi sudlanuvchi 21 yosh.

Sakkizinchi sudlanuvchi 27 yosh.

Jinoyat ishlari bo`yicha shayxontohur tuman sudida ochiq sud majlisida jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi raisi Tolibjon Obidov raisligida Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 8 nafar shaxsga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi va hukm o`qildi.

Sud hukmiga ko`ra, 5 nafar sudlanuvchiga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hukm ustidan apellyasiya shikoyati va protesti hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran 20 sutka ichida, mahkumlar va jabrlanuvchilar tomonidan esa ularga hukmning ko`chirma nusxasi topshirilgan kundan e`tiboran shu muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudiga berilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1